Belarus. Bobir Abdixoliqov ikkita gol va bitta assist qayd etgan o'yinda "Energetik-BGU" yirik g'alabaga erishdi

Administrator
6 avg 2022, 00:30
Belarus chempionati 16-turidan o'rin olgan o'yinda "Energetik-BGU" yirik g'alaba qayd etdi.

"Vitebsk" va "Energetik-BGU" qarama-qarshilikning dastlabki daqiqalaridayoq Bobir Abdixoliqov hisobni ochdi. Shu bilan birga, Bobir "Energetik BGU"ning ikkinchi goliga assistentlik qildi.  Ikkinchi bo'limning 56-daqiqasida Bobir Abdixoliqov penaltini aniq amalga oshirib hisobni 3:0 ko'rinishiga olib keldi. Shu tariqa "Energetik-BGU"  Bobir Abdixoliqovning ikki goli va bir assisti hisobiga yirik g'alaba qayd etdi.


"Vitebsk" "Energetik-BGU" 0:3 

Gollar: Bobir Abdixoliqov 3', Artem Turich 7' (Bobir Abdixoliqov),  Bobir Abdixoliqov 56' (penalti)

Bobir Abdixoliqovning goli:


Bobir Abdixoliqovdan assist:



Bobir Abdixoliqovning ikkinchi goli:


O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia