Belarus Kubogi. O'zbekistonlik o'yinchilar harakat qiladigan "Energetik-BGU" "Baranovichi" mehmoni bo'ladi

Alisher
22 iyun 2022, 17:42
Birozdan so'ng Belarus Kubogi 1/16 final doirasidagi "Baranovichi" - "Energetik-BGU" o'yini boshlanadi.

Bahs "Lokomotiv" (Belarus) stadionida Toshkent vaqti bilan soat 18:30da start oladi.

Xabaringiz bor, "Energetik-BGU" safida to'rt nafar o'zbekistonlik futbolchi harakat qiladi.

Ulardan uch nafari asosiy tarkibda o'yinni boshlashadi - Abdixoliqov, Jumaqulov va Xusanov. Abdurahmonov esa o'yinni zaxiradan boshlaydi.

Eslatib o'tamiz, "Energetik-BGU" mamlakat chempionatida yetakchilik qilmoqda, Bobir Abdixoliqov esa to'purar bo'lib turibdi. 

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia