Belarus chempionatining 1-turiga qancha muxlis tashrif buyurdi?

23 mar 2020, 09:10
Muxlislar tashrifi kutilganidan ancha kam.

Belarus ayni damda futbol bo'yicha milliy chempionatini to'xtatmagan Yevropadagi yagona davlat bo'lib turibdi. Chempionatning ilk turiga jami 9574 muxlis tashrif buyurgan. Bu o'rtacha har bir bahsga 1197 nafardan muxlis kelganini bildiradi.

Ma'lumot uchun, 1-tur doirasida o'zbekistonlik Jasur Yaxshiboev “Energetik BGU” jamoasi safida BATEga qarshi maydonga tushib, dublga erishdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Pressbol