Belarus chempionati. "Energetik-BGU" "Sluck" bilan murosa ko'chasini tanladi, Husanov 90, Abdixoliqov va Abdurahmonov 75 daqiqa o'ynadi

Sherzod Nurmatov
9 apr 2022, 20:02
Belarus Oliy ligasi 3-turidan o'rin egallagan "Energetik-BGU" – "Sluck" qarama-qarshiligi nihoyasiga etdi.

Unda "Energetik-BGU" "Sluck" bilan durangga imzo chekdi. Mazkur uchrashuvda hamyurtlarimizdan himoyachi Abduqodir Husanov to'liq 90 daqiqa, yarim himoyachi Shohruh Abdurahmonov 75 daqiqa, hujumchi Bobir Abdixoliqov 75 daqiqa maydonda harakatlangan bo'lsa, yarim himoyachi Abbos Jumaqulov zaxirada qoldirildi. 

Energetik-BGU – Sluck 1:1 

RCOR-BGU

Gollar: 0:1 – 25, penalti Koncedaylov, 1:1 – 66 Papariga.

Energetik-BGU – Makushinskiy, Svirepa, Makavchik, Lavrik, Pashevich, Silinskiy, Abdurahmonov (Omelyanchuk, 75), Rilach, Husanov, Abdixoliqov (Grishhenko, 75), Papariga.

Sluck – Ostroux, Jevnerov, Obrazov, Branovec, Velko (Yackevich, 72), Bylinkin, Glebko (Girs, 90), Koncedaylov, Sachkovskiy, Vyskrebencev, Vergeychik (Sanec, 90).

Turnir jadvali

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia