Bekzod Qodirqulov: "Azamat Abduraimovning iste'fosi? Bu savol rahbariyatga berilgani maqul"

Narzulla Saydullayev
5 avg 2021, 10:26
Pro liganing 14-turidan o'rin olgan "Yangier" - "Olimpik"(2:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Bekzod Qodirqulov fikrlarini bildirib o'tdi.

"Ushbu g'alaba avvalo muxlislarniki, butun Yangier va Sirdaryo viloyatiniki, deb o'ylayman. Kuchli raqib bilan munosib o'ynab g'alaba qozondik. O'yin teng kurashlar ostida boshlandi. Ikki jamoada ham o'ziga yarasha vaziyatlar bo'ldi. Birinchi bo'limning o'zida 2-3ta gol urishimiz mumkin edi. Bilasiz, "Olimpik" yaxshi ko'zga ko'ringan yigitlardan tashkil topgan jamoa hisoblanadi. Shuning uchun astoydil tayyorgarlik ko'rgandik. Ularning o'yin uslubini o'rganib nazariy mashg'ulotlarda yigitlarga tushuntirgandik. Raqib futbolchisi qizil kartochka olganidan so'ng o'yindagi ustunlik biz tomonga o'tdi. Tajribali futbolchilarning vaziyatlardan foydalana olgani o'z so'zini aytdi. Yozgi transferlar oynasida tajribali futbolchilar o'rniga yosh kelajagi bor ijrochilarni oldik. Bundan maqsad jamoani yoshartirgan holda keyingi mavsumga tayyorlash",- deydi Bekzod Qodirqulov.

- Jamoani Abdumalik Abdullaev kabi tajribali futbolchilar qatorida legionerlar ham tark etdi. Bu moliyaviy holat bilan bog'liqmi? Yoki jamoani yoshartirish uchunmi?
- Jamoada moliyaviy tomondan hammasi yaxshi. Klub prezidenti har tomonlama taminlab turibdi. Maqsad jamoani yoshartirish edi. Birinchi o'yindan yangi kelgan futbolchilar g'alabaga o'z hissasini qo'shdi.

- Davralar oralig'idagi transferlardan o'zingiz qoniqdingizmi?
- Transferlardan yuz foiz qoniqa olmadim. Biz taklif qilgan ikki nafar futbolchi turli sabablarga ko'ra kela olmadi. Lekin ularning o'rnini to'ldirishga harakat qilamiz.

- Azamat Abduraimovning iste'fosi tez yuz berdi.Bu nima bilan bog'liq?
- Ushbu savolni klub rahbariyatiga bersangiz maqul bo'lardi.

- Ikkinchi golni urgan Faxriddin Alimov "Dinamo"dan sotib olindimi yoki ijaraga?
- Faxriddin Alimov ijaraga olindi. Agar yilni oxirigacha bizda yaxshi taassurot qoldira olsa, keyingi yilga ham shartnoma qilish ko'zda tutilgan.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia