Bekxem klubi Ronaldu bilan shartnoma imzolamoqchi

Alisher
2 mar 2021
"Inter Mayami" "Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronalduga qiziqmoqda.

"Real" sobiq o'yinchisi Devid Bekxemga tegishli Amerika klubi 36 yoshli forvard bilan kelasi yozda shartnoma imzolashga urinib ko'radi.

"Inter" Ronalduning "keksa sinora" bilan bitimni uzaytirmasligiga umid qiladi. Bitim 2022 yilga qadar mo'ljallangan.

Krishtianu joriy mavsum A Seriya doirasidagi 20ta o'yinda maydonga tushib, 19ta gol va 3ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Todo Fichajes