Bekxem jamoasi uchun murabbiy topib qo'ydi

Mirjalol Normatov
17 fev 2019, 12:44
Mayamining "Inter" jamoasi Germaniya termasining sobiq ustozi Yurgen Klinsmanning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

Bu haqda AQSHdagi jurnalist Pet Benjamin xabar berdi.

Germaniyalik bunga qadar 2011-2016 yillar davomida AQSH termasida ishlagan.

"Inter" - "Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Devid Bekxemga tegishli klub. Jamoa 2020 yildan e'tiboran MLSda qatnashadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal