Bekxem Gretsiyaga qarshi o'yindagi jarima zarbasi sharhini hayajon bilan tingladi

Оқил Абдубарноев
7 okt 2022, 19:49
Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi tarixiy o'yin podkastini tingladi.

21 yil muqaddam Devid Bekxem “Old Trafford”da Gretsiyaga qarshi o'yinda ajoyib jarima zarbasini amalga oshirib, Angliyani jahon chempionatiga olib chiqqandi. Sven Yoran-Eriksson shogirdlari o'shanda Gretsiyani 2:1 hisobida dog'da qoldirgan.


“Uch sherlar” sardori o'yin davomida beshta jarima zarbasini amalga oshirgan bo'lsada, uning uzoq masofadan urinishlari natija bermaydi. Nihoyat, 93-daqiqa u mohirona tarzda jarima to'pini greklar darvozasiga joylab qo'ydi va Angliyaning mundialdagi ishtirokini taminlaydi.


O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: BBC