Beyl “Tottenxem”ning boshqa futbolchilari bilan Londonga qaytib keldi

Tolibjon Qosimov
29 iyul 2013, 15:51
“Tottenxem”ning uelslik futbolchisi Garet Beyl Osiyo turnesidan boshqa jamoadoshlari bilan birga qaytib keldi, deya xabar beradi ingliz matbuoti. Eslatib o'tamiz, futbolchi mushaklaridagi kichik jarohat tufayli Osiyoda jamoasiga yordam bera olmadi.
Avvalroq Beyl, uning uchun 80 million funt sterling to'lashga rozi bo'lgan madridning “Real” klubiga o'tishga yaqin deb xabar qilingan edi. Shu bilan birga, london klubi bosh murabbiyi Andre Villash-Boash, ushbu haftada Uels terma jamoasi futbolchisi bilan shartnomani uzaytishir bo'yicha muzokaralar davom ettirilishini aytib o'tgan. 

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com