Beyl to'rtinchi marta Uelsda yil futbolchisi bo'ldi

Narzulla Saydullayev
7 okt 2014, 09:00
Real yarim himoyachisi Garet Beyl navbatdagi bor Uelsda yil futbolchisi deb topildi.
25 yoshli yarim himoyachi o'z faoliyati davomida to'rtinchi bor ushbu sovrinni qo'lga kiritdi. Beyl Uelsda muxlislar o'rtasidagi so'rovda ham g'olib bo'ldi.

Tottenxem himoyachisi Ben Devis o'tgan mavsumning eng yaxshi yosh futbolchisi, Suonsi Siti himoyachisi Eshli Uilyams esa Uels klubida o'ynayotgan eng yaxshi futbolchi bo'ldi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru