Beyl Ispaniyada xet-trikka erishgan ikkinchi britaniyalik futbolchi

Narzulla Saydullayev
1 dek 2013, 09:10
Real yarim himoyachisi Garet Beyl Ispaniya chempionatining 15-turida Valyadolidga qarshi o'yinda uchta gol urdi (4:0).
Shunday qilib, 24 yoshli uelslik futbolchi Ispaniya primerasida xet-trik qayd etgan ikkinchi futbolchiga aylandi. Oldinroq Barselona safida to'p tepgan Gari Lineker shunday natijaga erisha olgandi.

Beyl kechagi o'yinda Karim Benzemaga golli pas ham oshirdi.

Bu mavsumda Beyl Ispaniya chempionatining 9ta o'yinida 7ta gol urdi va 7ta golli pas oshirdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru