Begovich "Chelsi"ning asosiy posboni bo'lishi mumkin

Aslanov Jasurbek
9 apr 2016, 14:16
"Chelsi"ning bo'lajak bosh murabbiyi Antonio Konte Asmir Begovichga jamoaning asosiy darvozaboni bo'lish imkoniyatini berishga tayyor.

Ma'lumotlarga ko'ra, 28 yoshli bosniyalik joriy mavsumning qolgan uchrashuvlarida asosiy tarkibda maydonga tushishi mumkin.

"Chelsi"ning boshqa darvozaboni Tibo Kurtuaning kelajagi so'roq ostida. Oldinroq belgiyalik posbon klubda qolishiga ishonchi komil emasligini aytgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail