Bayram tufayli Dibala, Makkenni va Artur Turin derbisini o'tkazib yuboradi

Omonjon To`xtamirzayev
2 apr 2021, 21:19
"Yuventus" ustozi Andrea Pirlo A Seriya 29-tur doirasida "Torino"ga qarshi uchrashuv qaydnomasiga Paulo Dibala, Ueston Makkenni va Artur kabi futbolchilar kiritilmasligini ma'lum qildi.

Barchasiga bu futbolchilar antikoronavirus qaydnomasini buzib, 20 nafar inson ishtirok etgan bayramda qatnashganlari sabab bo'ldi.

"Bir necha kun oldin bo'lgan tadbirda ishtirok etgan futbolchilar "Torino"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi. Bu haqida gaplashib bo'ldik, endi bor e'tiborni derbiga qaratsak.

Ertaga qanday jamoaga qarshi o'ynashimizni tushunib turibmiz. "Torino" bizga qarshi o'yinda o'zgacha ishtiyoq bilan harakat qiladi. Bu bellashuvga puxta tayyorgarlik ko'rishimiz juda muhim", – dedi Pirlo.


O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: sports.ru