

Biz har yili bir nafar yetakchimizni sotamiz. Chunki boshqa istedodli futbolchilarni xarid qilish uchun bizga byudjet kerak. Shu sababli, yozda ham bir nafar kuchli futbolchimizni yaxshi summaga sotishimizga to'g'ri keladi. Uning o'rniga esa 2-3 nafar yaxshi darajadagi futbolchilar bilan shartnoma tuzamiz, - dedi Karro.
Eslatib o'tamiz, Bayer Alonso boshchiligida tarixidagi ilk Bundesliga chempionligini qo'lga kiritdi.
Shuningdek, jamoa Germaniya kubogi finaliga yo'l olgan va Yevropa ligasidagi yurishini davom ettirmoqda.



