"Bayer" Xaver Ernandesni 18 million evroga sotmoqchi
Narzulla Saydullayev
2 iyul 2017
"Bayer" va Meksika terma jamoasi hujumchisi Xaver Ernandes "Tottenxem", "Vest Xem", "Marsel" va "Lion" klublari e'tiboriga tushib qoldi.
Germaniya klubi rahbariyati futbolchi bilan xayrlashish istagida yonayotgani yo'q. Agar qaysidir klub meksikalik futbolchi uchun 18 million evro taklif qilsa bu taklif jiddiy o'rganib chiqiladi.