"Bayer" Virc bilan shartnomani uzaytirdi

Alisher
24 iyun 2022, 11:01
"Bayer" yarim himoyachisi Florian Virc jamoa bilan shartnomani uzaytirdi.

Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda. 19 yoshli nemis bilan kelishuv 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Xavbek mart oyida tizzasidan jiddiy jarohat oldi.

Qishki transfer oynasida Vircga "Manchester Yunayted" va "Real" singari top-klublar qiziqish bildirishgandi.

Virc 2021/22 yilgi mavsum "Bayer" tarkibida 31ta o'yinda maydonga tushib, 10ta gol va 14ta assist qayd etdi. Transfermarkt o'yinchini 70 mln evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: bayer04.de