"Bayer" 30 million evrolik transferni amalga oshirmoqda

Alisher Ostonov
30 avg 2025
Eliss Ben-Segir "Monako"dan "Bayer"ga o'tmoqda.

Nemis klubi monakoliklar bilan 20 yoshli vingerni sotib olish bo'yicha to'liq kelishib oldi.

Leverkuzen klubi uchun bitimning umumiy summasi 30 million evro va bonuslarni tashkil etdi.

Futbolchi "Bayer" bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi.

Eliss Ben-Segir o'tgan mavsum Liga 1da 33 ta o'yinda 6 ta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qildi. Vinger ushbu mavsumda "Monako" safida chempionatda 2 ta o'yin o'tkazdi.



Alisher OstonovMuallif
Manba: x.com/Plettigoal