Baxtiyorjon Qosimov Qatar klubiga o'tdi

Alisher
22 iyul 2022
26 yoshli futbolchi faoliyatini xorijda davom ettiradi.

Mavsumning dastlabki qismini "Surxon" tarkibida o'tkazgan yarim himoyachi Qatarning "Al Xor" klubi bilan 1 yillik shartnoma imzoladi.

Baxtiyorjon Qosimov bu yil 14 ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urgan. U "Surxon" tarkibiga "Andijon"dan kelib qo'shilgan edi.

Ma'lumot uchun, "Al Xor" o'tgan mavsum yakunida Yulduzlar Ligasida so'nggi o'rinni egallab, quyi divizionga tushib ketgan edi.


AlisherMuallif
Manba: facebook.com/alkhorclub