Baxtiyor Sattorov: "Sherdor" mag'lubiyatga munosib emasdi"

Tolibjon Qosimov
4 apr 2019, 11:47
Pro-Liga "A" 1-turi doirasidagi "Sherdor" - "Mashal" (0:1) uchrashuvidan keyin "Sherdor" bosh murabbiy Baxtiyor Sattorov o'yin borasida to'xtaldi.

- Bugun uyimizda ochilish marosimini o'tkazdik. Avvalo muxlislarga yomg'irli ob-havoda jamoamizni qo'llab-quvvatlashgani uchun minnatdorchilik bildiraman. Bugungi mag'lubiyat uchun ular oldida aybdormiz. Sababi maydonga g'alaba uchun tushgandik. Afsuski, 90+3-daqiqada himoyada e'tiborsizlik qilib, kutilmagan golni o'tkazib yubordik. Mag'lubiyatga munosib emasdik. 


- Pro-Liga klublari tarkibiga nazar tashlaydigan bo'lsak, aynan "Sherdor"da nomdor futbolchilar yig'ilganligini ko'rish mumkin. Shunga yarasha jamoa oldiga Superligaga chiqish vazifasi qo'yilganmi?

- Bizning vazifa eng avvalo samarqandlik yosh futbolchilarni tarbiyalab, yaxshi saviyaga chiqarish va har o'yinda g'alaba qozonish. Buyog'ini vaqt ko'rsatadi – qanday natijani qo'lga kiritamiz.


- Jamoa yangi mavsumga o'zingiz istagandek tayyorgarlik ko'ra oldimi?

- Mavsumga yaxshi tayyorgarlik ko'ra oldik, deb o'ylayman. Bu borada bizni qo'llab-quvvatlagan barcha homiylar va rahbariyatga minnatdorchilik bildiraman. 


U.Ibodov yozib oldi

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia