Baxtiyor Sattarov: "Samarqand ahlini g'alaba bilan tabriklayman"

Narzulla Saydullayev
1 okt 2018, 23:14
Pro-liga 27-turidan o'rin olgan “Iftixor”-“Sherdor” (0:5) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Baxtiyor Sattarov “championat.asia” saytiga intervyu berdi.

Bugun yaxshi uchrashuv o'tkazdik. Samarqandlik futbol muxlislarini g'alaba bilan tabriklayman. Bugungi g'alaba bizga juda zarur edi. O'tgan turda o'z maydonimizda kutilmaganda “Labsa” jamoasiga mag'lubiyatga uchragandik. Raqib maydoniga uzoq yo'l bosib kelib, g'alaba qozonib ketayapmiz, bu juda yoqimli. Bugungi uchrashuvda qo'lga kiritilgan g'alabamizning asosiy omili – yaratilgan vaziyatlardan jamoamiz futbolchilari unumli foydalanishganligi bo'ldi deb aytish mumkin.  



Uchinchi davrada Farg'onaga ikkinchi bor kelishmiz, dastlab “Yozyovon-Lochinlari” jamoasi bilan o'ynadik, g'alaba qozondik. Bugun mana “Iftixor” jamoasi bilan o'ynadik. “Iftixor” jamoasi tarkibi avvalgisidan ko'ra yoshartirilibdi, bugun ularning mag'lub bo'lishiga mana shu sabab bo'ldi shekilli.

Bizda bugun g'alabaga bo'lgan ishtiyoq juda kuchli edi. Yuqorida aytganimdek, o'tgan turdagi mag'lubiyatimizdan keyin bugun g'alaba qozonishimiz shart edi. Yana bir bor barcha jamoamiz a'zolarini, muxlislarimizni, Samarqand ahlini g'alaba bilan tabriklayman.


Bekzod Tolibov yozib oldi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia