

"Terma jamoamiz Koreyadan ochko olib qaytishiga ishonaman. Butun muxlislarimiz ushbu uchrashuvni katta umid bilan kutib turishibdi va kamida durangga erishishimizga ishonaman. O'ylaymanki, terma jamoa murabbiylari kechayu-kunduz izlanishdalar, raqibning o'yinlarini o'rganib chiqadilar. Nasib qilsa, muxlislarimiz kutgan natija bilan qaytib kelishadi", - deydi Baxtiyor Ashurmatov "Futbol Ekspress" gazetasiga bergan intervyusida.



