Baxtiyor Ashurmatov "Rubin"da amaliyot o'tamoqda

Sherzod Nurmatov
13 iyul 2023, 15:07
O'zbekistonlik futbol mutaxassisi Baxtiyor Ashurmatov ayni kunlarda Qozonda bo'lib turibdi.

Murabbiy 8 iyul kuni  "Rubin" o'yin uslubini o'rganish, mashg'ulot jarayonlarini bevosita kuzatib borish uchun Qozonga borgan. U kecha "Rubin"ning "Krilya Sovetov"ga qarshi uchrashuvini stadionda kuzatib borgan.

47 yoshli mutaxassis 15 iyul kuni "Zenit" hamda SSKA o'rtasidagi Rossiya Superkubogi uchrashuviga kirishi kutilmoqda.

 Eslatib o'tamiz, Baxtiyor Ashurmatov ushbu mavsum "Turon"da faoliyat yuritdi. U bunga qadar "Guliston", "Navbahor", "Andijon", "Buxoro", OKMK va "Surxon"da ishlagan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia