Bu haqda "Navbahor" klubining tvittyerdagi rasmiy sahifasi xabar berdi.
- Ob-havoning noqulayliklariga qaramay, bugungi uchrashuv murosasiz ruhda kechdi. Har ikki jamoa futbolchilari ham maydonning har bir qarichi uchun jiddiy tarzda bahs olib borishdi. “Metallurg” kuchli o'yin ko'rsatdi. Futbolchilarga bekobodliklar mag'lubiyatlarga uchragan bo'lishsada, jiddiy tarzda o'yin ko'rsatishlarini aytgandim. Ular ushbu ko'rsatmalarga amal qilishga intilishgan bo'lsada, mezbonlar kuchli o'yin ko'rsatishdi. Mag'lubiyatdagi javobgarlikni o'z bo'ynimga olaman. Yigitlar ijobiy natija sari harakat qilishdi. Yuqori o'rinlar uchun kurashishni istasak, jamoaga jiddiyroq e'tibor berish lozim deb o'ylayman. Ana o'shanda natijalarimiz yanada yaxshilanadi. Bugun jamoamizni qo'llash uchun Namangandan kelgan muxlislarimizga minnatdorchilik bildirib o'taman. Keyingi turlarda ishqibozlarimiz ishonchini qozonish uchun qo'limizdan kelganicha harakat qilamiz, - deydi Baxtiyor Ashurmatov.