Baxtiyor Ashurmatov: "Durang adolatli natija bo'ldi"

Narzulla Saydullayev
8 avg 2021
Coca-Cola Superliganing 14-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" - "Turon" (2:2) uchrashuvidan so'ng qo'qonliklar bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.



"Oxirgi turlarda muvaffaqiyatsizlikka uchrayotganimiz sababli bugungi o'yinda uyda o'yinda o'ynaydigan uslubdan voz kechdik. Yaypanliklar safida Bilolxon Toshmirzaev, Sunnatilla Abdullajov kabi tezkor futbolchilar borligi tufayli qarshi hujumda gol o'tkazib yubormasligimiz uchun ikkinchi raqamli jamoa sifatida o'ynashga qaror qildik.

O'yinda biz gol urganimizdan so'ng Iqbol Malikjonovni maydonga tushirib himoyaviy uslubda o'ynamoqchi edik. Lekin tezkorlik bilan urilgan javob goli rejalarimizni o'zgartirib yubordi.

"Turon" jamoasiga navbatdagi o'yinda omad tilayman. Bugungi o'yinda o'ylashimcha durang adolatli natija bo'ldi" - deydi "Qo'qon-1912" ustozi.




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia