Baxtiyor Ashurmatov: "Bugun 6 ochkolik o'yin edi"

Mirjalol Normatov
6 may 2022
Superliganing 7-turi doirasida o'tkazilgan "Surxon" - "Qo'qon-1912" (1:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi Baxtiyor Ashurmatov fikrlarini bildirdi.




"Bugun 6 ochkolik o'yin edi. Oxirgi 15 daqiqani hisobga olmaganda, "Surxon" futbolchilari ishtiyoqi ko'proq, yakkakurashlarda kuchliroq va xohish yuqoriroq bo'ldi. Shuning evaziga ular g'alaba qozondi. Yigitlarga bu o'yinning muhimlilik darajasini tushuntirgandik. "Surxon" shu jihatlar bo'yicha bizdan ustun bo'ldi va bizdan ko'ra ko'proq g'alabani istadi",- deydi Baxtiyor Ashurmatov.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia