Baxtiyor Ashurmatov: "Bahsli gol yigitlarni ruhan sindirib qo'ydi"

Oliy liganing 16-tur o'yini "Mashal" - "Navbahor" uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar ustozi Baxtiyor Ashurmatov ishtirok etdi.

"O'yin juda asabiy kechdi.  Bugungi o'yinni boshlanishini yaxshi o'tkazdik.  Bahsli vaziyatda kiritilgan gol yigitlarni ruhan sindirib qo'ydi.  Bundan keyin futbolchilar asabiy o'yin ko'rsatishdi.  Ularga minnatdorchilik bildiraman.  Qiyin bo'lishiga qaramay oxirigacha kurashdi.  Afsuski so'nggi daqiqada g'alabani qo'ldan boy berdik.  O'ylaymanki bugun uch ochkoni qo'lga kiritishimiz kerak edi lekin oxirgi daqiqadagi qizil kartochka  jamoamizga pand berdi.

Bahsli vaziyatni hali ko'rib chiqqanim yo'q.  Ko'rganimdan so'ng yakuniy fikrni aytishim mumkin.  Nazoratchilar bor va ular ham vaziyatlarni ko'rib turibdi.  Ular xolis baho beradi degan umiddaman.  Negaki men vaziyatdan uzoqroq edim.  Ko'rib chiqmasdan turib baho bersam xato bo'lib qolishi mumkin.  Nazoratchilarda disk bor.  E'tibor bersak birinchi bo'limda "Mashal"dan ko'ra bizda imkoniyat ko'p bo'ldi va maydon egalari vaziyat sodir eta olmadi.  Bahsli vaziyatdagi gol esa ularga ruhiy kuch berdi.  Qizil olganimizdan so'ng maydon egalari yanadan bosimni ko'paytirdi".


Manba: fcmashal.uz