"Bavariya"ning yangi bosh murabbiyi kim bo'lishi deyarli aniq. Jamoa oldin u bilan YCHLni yutgan

Alisher
12 may 2024, 13:20
"Bavariya" jamoa bosh murabbiyligiga Xans-Diter Flikni qaytarishga yaqin.

Jurnalist Nikolo Skiraning ma'lumotiga ko'ra, "Bavariya" Flikka 2026 yilga qadar mo'ljallangan mehnat shartnomasi taklif qilgan.

Eslatib o'tamiz, 59 yoshli mutaxassis 2019-2021 yillarda "Bavariya"da bosh murabbiy sifatida ishlagan. Nemis grandi uning qo'l ostida Chempionlar ligasi, Yevropa Superkubogi, Germaniya kubogi va ikki bor Germaniya chempionatini yutgan.

Flikning so'nggi ish joyi u 2021-2023 yillarda ishlagan Germaniya terma jamoasi bo'lgandi.

Eslatib o'tamiz, "Bavariya"ning hozirgi bosh murabbiyi Tomas Tuxel mavsum so'nggida Myunxen klubini tark etadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira