"Bavariya"ning uch futbolchisi Superkubokda o'ynamaydi

Mirjalol Normatov
2 avg 2019, 20:58
"Bavariya" matbuot xizmati Germaniya Superkubogida jamoaning uch nafar futbolchisi qatnashmasligini ma'lum qildi.

Ma'lum bo'lishicha, ushbu bahsda hujumchi Serj Gnabri, yarim himoyachi Xavi Martines va himoyachi Lukas Ernandes qatnashmaydi.

Gnabri va Martines jarohatidan tiklanishayotgan bo'lishsa, Ernandes jarrohlik amaliyotidan keyin o'yinga tayyor bo'lmaydi.

Germaniya Superkubogi uchun bahs 3 avgust kuni 23:30da start oladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal