
YCHL chorak final dastlabki bahsi "Manchester Yunayted" - "Bavariya" o'yinida Xavi Martinez hakam tomonidan ogohlantirish oldi. Xavi Martinez undan avvalgi o'yinda ham ogohlantirish olgandi. Shu sababli u Myunxenda bo'ladigan uchrashuvni o'tkazib yuborishga majbur. Shuningdek, o'yinning 90 daqiqasida Bastian Shvaytshtayger uchrashuvdagi o'zining ikkinchi sariq kartochkasini ishlab oldi va maydondan chetlatildi. Demak Myunxendagi bellashuvni "Bavariya" o'zining "boss"isiz o'tkazadi.