"Bavariya"ning Gyundoganga qiziqayotgani rad etildi

Sherzod Nurmatov
28 okt 2022, 13:37
Myunxen klubining "Manchester Siti" a'zosi Ilkay Gyundoganga qiziqayotgani borasidagi xabar rost emas ko'rinadi.

"Bild" jurnalisti Kristian Falk Twitter sahifasida ushbu xabarning yolg'on ekanini ma'lum qildi. 

Germaniya terma jamoasi vakilining "shaharliklar" bilan shartnomasi 2023 yilda yakun topadi. "Etixad" egalari yarim himoyachi bilan kelishuvni davom ettirish niyatida. 

Futbolchining o'zi kelajagi borasida Qatardagi mundialdan so'ng qaror bermoqchi. 

Gyundogan ushbu mavsum Pep Gvardiola boshqaruvidagi jamoa tarkibida 2 ta gol urdi va 1 ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/cfbayern