"Bavariya"ning chempionligiga bir qadam qoldi

13 iyun 2020, 23:41
Bir necha daqiqa oldin yakunlangan Bundesliga 31-turi doirasidagi bahsda "Bavariya" Myonxengladbaxning "Borussiya"sidan ustun keldi.

Agar bugun "Borussiya" (Dortmund) "Fortuna"ga yutqazsa, "Bavariya" chempionlikni muddatidan avval tantana qilishi mumkin edi. Ammo unday bo'lmadi.

Musobaqa yakuniga 3 tur qolganda myunxenliklar bilan 2-o'rindagi "Borussiya" orasidagi farq 7 ochkoni tashkil qilyapti. Demak, Xansi Flik jamoasi keyingi turda chempionlikni nishonlashi mumkin. Buning uchun g'alaba qozonilsa, kifoya.

Germaniya chempionati musobaqa jadvalidagi holat bilan tanishing.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia