"Bavariya"ning bir necha yetakchi o'yinchilari "Arsenal"ga qarshi maydonga tushmasligi mumkin

Administrator
5 apr 2024
Bu haqda "Bavariya" bosh murabbiyi ma'lum qildi.

"Bavariya" YCHL chorak finalining ilk bahsida "Arsenal"ga to'qnash keladi. Jamoaning bir necha yetakchi futbolchilarining ushbu o'yinda maydonga tushishi so'roq ostida turibdi. "Bavariya" bosh murabbiyi Tomas Tuxel buni ma'lum qildi.

"Manuel Noyer, Kingsley Koman, Leroy Sane, Aleksandr Pavlovich va Nussair Mazraui tarkibda emaslar.

Ularning barchasida muammo bor. Shu sabab ham, bu o'yinchilarning "Arsenal"ga qarshi o'yinda maydonga tushishi so'roq ostida", -deydi Tomas Tuxel.

Ma'lumot uchun, "Arsenal" va "Bavariya" o'rtasidagi birinchi bahs 9 aprel kuni o'tkaziladi.


AdministratorMuallif
Manba: Bild