19 yoshli yarim himoyachi "Bavariya"da "Oyning eng yaxshi futbolchisi" deb topildi

Omonjon To`xtamirzayev
23 fev 2024, 20:10
Germaniya U-20 termasi a'zosi Aleksandr Pavlovich muxlislar tomonidan yanvar oyida "Bavariya"ning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

19 yoshli nemis 3 ta o'yinda ishtirok etdi va 1 ta gol urdi.

Bu mavsum Pavlovich Bundesliganing va Chempionlar Ligasining 11 o'yinida maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma etkazib berdi. 

Eslatib o'tamiz, undan avvalroq "Bavariya"da oyning eng yaxshi futbolchisi deb hujumchi Xarri Keyn tan olingandi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: fcbayern.com