"Bavariya"ning 7 ta o'yindan iborat g'alabali seriyasi yakunlandi

Aziz Tukhtamuradov
8 yanv 2022, 07:13
"Bavariya" Bundesliganing 18-turida "Borussiya Myunxengladbax"ga 1:2 hisobida yutqazdi.

Bu orqali Yulian Nagelsman shogirdlarining 7 ta o'yindan iborat g'alabali seriyasi yakunlandi. 

Klub so'nggi marotaba 19 noyabr kuni "Ausburg"ga yutqazib qo'ygandi. 

"Bavariya" ushbu mavsumda to'rt marotaba mag'lub bo'ldi. Shularning ikkitasini klub "Borussiya M"dan qabul qilib oldi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia