Bavariyani hech kim boshqarishni istamayapti. Yana bir murabbiy rad javobini berdi

Khoja
19 may 2024, 10:19
Bavariya yana bir murabbiy bilan kelishuvga erisha olmadi.

Bu safar Benfika ustozi Rojer Shmidt nemis jamoasining taklifini qabul qilmadi. Bild jurnalisti Kristian Falkning yozishicha, myunxenliklar Tomas Tuxelni qoldirishga ko'ndira olmaganidan so'ng Rojer Shmidtga murojaat qilgan. Biroq 57 yoshli mutaxassis Germaniyaga qaytish niyati yo'q ekanligini ma'lum qilgan.

Avvalroq, Rojyerdan tashqari Yulian Nagelsmann, Xabi Alonso, Ralf Rangnik, Oliver Glasner kabi murabbiylar Bavariyaning taklifiga rozi bo'lmagandi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com