"Bavariya"dan navbatdagi super transfer

17 yanv 2018, 19:06
Germaniya gegemoni "Bavariya" jamoasi "Shalke" yarim himoyachisi Leon Gorecka bilan kelishuvga erishdi, deb yozmoqda taniqli futbol mutaxassisi Kristian Falk.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Bavariya" Leon Goreckaning transferi bo'yicha barcha masalani hal etgan. Tomonlar og'zaki kelishuvga erishishgan. Tez orada ushbu transfer rasmiylashtirilishi kutilmoqda. Leon Gorecka "Bavariya"da tibbiy ko'rikdan o'tishi kutilmoqda.

Eslatib o'tamiz, Leon Goreckaga "Barselona", "Real" va yana Angliyaning bir qator grand klublari qiziqish bildirayotgandi. Ammo yakunda Leon Gorecka "Bavariya" tanlovini maqul ko'rdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia