"Bavariya" Zabitcer transferini e'lon qildi

Aslanov Jasurbek
30 avg 2021
"Bavariya" "RB Leyptsig"dan avstriyalik yarim himoyachi Marsel Zabitcerni sotib oldi.

27 yoshli yarim himoyachi Myunxen klubi bilan 2025 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi. U yangi klubi safida 18-raqamda harakat qiladi.

"Bavariya" avstriyalik futbolchi uchun 15 million evro to'laydi, shuningdek, "RB Leyptsig" qo'shimcha bonuslarga ega bo'ladi.

Zabitcer hozirda Myunxen jamoasini boshqarayotgan sobiq "RB Leyptsig" murabbiyi Yulian Nagelsmann qo'l ostida to'p suradi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: twitter.com/fcbayern