"Bavariya" yirik taklif tushsa, Kimmix bilan xayrlashishi mumkin

Sherzod Nurmatov
18 iyul 2023, 18:13
"Bavariya" endi Joshua Kimmixni daxlsiz deb hisoblamaydi va uni sotishi mumkin.

"Kicker" xabariga ko'ra, Myunxen klubi endi Kimmixni hech qanday holatda sotilmaydigan futbolchi deb sanalmaydi Joshua "daxlsiz" futbolchi maqomini yo'qotdi.

Agar "Bavariya" Kimmixning transferi bo'yicha yirik taklif olsa, klub rahbariyati muzokara olib borishga tayyor bo'ladi.

Kimmixning "Bavariya"dagi maqomi o'zgardi, chunki klub uning o'tgan mavsumdagi klassik oltilikdagi o'yin darajasi qoniqtirmayapti.

Qayd etilishicha, Joshua ayni damda ketish haqida o'ylagani yo'q.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Kicker