

Myunxen jamoasi "Shtutgart" futbolchisining transferini qishdayoq kelishib olgandi. 35 million evro evaziga transfer qilingan Pavar "Bavariya" bilan 2024 yilga qadar shartnoma imzoladi.
23 yoshli Pavar "Shtutgart" tarkibida 88 o'yinda qatnashib, 2 gol urdi va 2 golga assistentlik qildi. U o'tgan yili Fransiya termasi tarkibida jahon chempioniga aylangandi.



