"Bavariya" va "Tottenxem" Xalilovichga qiziqmoqda

Narzulla Saydullayev
22 okt 2013
Myunxenning "Bavariya" va Londonning "Tottenxem" klubi Xorvatiya o'smirlar terma jamoasi sardori 17 yoshli Alen Xalilovichga qiziqib qolishdi.
Yosh futbolchini Luka Modrichga o'xshatishmoqda, keyingi yozda uning Zagrebning "Dinamo" klubi bilan amaldagi shartnomasi tugaydi. Shu bois u erkin agent sifatida boshqa klubga o'tishi mumkin.

Ayni paytda BAA maydonlarida bo'lib o'tayotgan o'smirlar o'rtasidagi JCHda ishtirok etayotgan Xalilovich Xorvatiya milliy terma jamoasi safida uchta o'yinda maydonga tushib ulgurgan.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: soccer.ru