

"Bavariya" hujumchi Erik Maksim Shupo-Moting bilan kelishuvni uzaytirishga qarshi emas.
"Sky Sport" jurnalisti Florian Plettenbergning so'zlariga ko'ra, yangi bitim bo'yicha muzokaralar 2022 yilgi Jahon chempionatidan so'ng boshlanadi. 33 yoshli kamerunlik futbolchi mundialda ishtirok etishga umid qilmoqda.
Kelishuv shartlari bo'yicha ham, maosh bo'yicha ham muzokaralar qiyin kechishi kutilmoqda.
Shupo-Moting va Myunxen klubi o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2023 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.



