"Bavariya" va APLning ikki klubi Villian uchun raqobatlashmoqda

Alisher
11 mar 2020
"Chelsi" vingeri Villian yozgi transferlar oynasida klubini o'zgartirishi mumkin.

31 yoshli braziliyalik futbolchining klub bilan tuzgan shartnomasi mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan.

Tomonlar yangi bitim borasida kelishuvga erishishmadi. Futbolchiga bir necha klublar qiziqish bildirgan.

Gap "Bavariya", "Tottenxem" va "Arsenal" klublari haqida ketmoqda. Eslatib o'tamiz, Villian "aristokratlar" safida 2013 yildan beri o'ynab kelmoqda.

Braziliyalik joriy mavsum APLda 28ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 6ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: The Telegraph