"Bavariya" Upamekano uchun kurashda MYUni ortda qoldirmoqda

Alisher
14 dek 2020, 18:00
"Bavariya" "Leyptsig" himoyachisi Dayo Upamekano uchun kurashda yetakchi.

Nemis klubi fransiyalik futbolchi uchun bo'lgan kurashda yetakchilik qilmoqda. O'yinchining tovon puli shartnomada 42 million evro etib ko'rsatilgan.

Upamekanoga shuningdek "Real", "Barselona", "Liverpul" va "Manchester Siti" ham qiziqmoqda.

22 yoshli Upamekano joriy mavsum barcha musobaqalarda 16ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishgan. Uning klub bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Get German Football News