"Bavariya" Tyago Alkantara bilan yangi shartnoma imzoladi

Aslanov Jasurbek
28 apr 2017
"Bavariya" yarim himoyachisi Tyago Alkantara klub bilan kelishuvni uzaytirdi.

Klub rasmiy saytining bergan ma'lumotlariga ko'ra, Alkantara hamda nemis grandi o'rtasidagi yangi bitim 2021gacha mo'ljallangan.

Tyago Alkantara joriy mavsum Bundesliganing 24 ta uchrashuvida 5 ta gol urdi va shuncha golli pas berdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia