"Bavariya" Ronalduning agentiga rad javobini berdi

Sherzod Nurmatov
6 fev 2023, 17:15
Myunxenliklar portugaliyalik bilan aloqa o'rnatmadi.

Myunxenning "Bavariya" klubi sport direktori Hasan Salihamijich "Bavariya" jamoasi yanvar oyida hujumchi Krishtianu Ronalduni sotib olishdan bosh tortganini aytdi.

"Biz Ronaldu haqida gaplashdik, lekin men Jorje Mendeshga bu biz uchun imkonsiz vazifa ekanligini aniq aytdim. Bu "Bavariya"ga na moliyaviy, na sport jihatdan mos keldi. Bu bizning falsafamizga to'g'ri kelmasdi", – dedi funkcioner.

Yulian Nagelsmann Musiala va Kanseluni maqtadi

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Bild