"Bavariya" Ronaldu bilan bog'liq mish-mishlarga nuqta qo'ydi

Sherzod Nurmatov
17 iyul 2022
"Bavariya" bosh direktori Oliver Kan klub "Manchester Yunayted"dan Krishtianu Ronalduni sotib olmasligini aytdi.

Klub afsonasiga ko'ra, portugaliyalik jamoa falsafasiga to'g'ri kelmaydi.

"Men Krishtianu Ronalduni yaxshi ko'raman. U fantastik o'yinchi, lekin har bir klubning o'z falsafasi bor va men "Bavariya" va Bundesliga uchun uning transferi hozir to'g'ri signal bo'lishiga ishonchim komil emas.

Bunday o'tish bizning g'oyalarimizga to'liq mos kelmaydi", – dedi myunxenliklar bosh direktori.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: BeSoccer