"Bavariya" rahbariyatining Xummels ketishi haqidagi xabarlarga munosabati

20 dek 2018, 16:31
"Bavariya" klubi kengash raisi Karl-Xaync Rummenigge va sport direktor Xasan Salixamidjich Xummelsning ketishi borasidagi xabarlarga munosabat bildirishdi.

- "Bir necha kun avval biz Xummels bilan suhbatlashib oldik. Mats mavsumning ikkinchi qismini "Bavariya"da o'tkazadi", - dedi Rummenigge.

- "Biz Mats Xummels bilan yaxshilab gaplashib oldik. Yuzaga kelgan vaziyatni muhokama qildik. Xummels o'zini juda yaxshi his etmoqda. Qachonki futbolchi doim o'ynayvermaganidan keyin turli xil mish-mishlar bolalashi tabiiy holat. Xummels biz bilan gaplashib olishni istagandi. U suhbat chog'ida o'zining poziciyasini tushuntirdi, biz o'zimizning. O'ylashimcha, biz kelishdik", - deydi Xasan Salixamidjich.

O'xshash yangiliklar


Manba: sports.ru