“Bavariya” qatorasiga 17 uchrashuvda g'alabaga erishdi va mag'lubiyatsiz seriyasini 26 ta o'yinga etkazdi

5 iyul 2020, 07:55
“Bavariya” Germaniya kubogi finalida “Bayer”ni (4:2) taslim etib, bosh sovrinni qo'lga kiritdi.

Bu myunxenliklarning barcha musobaqalarda qo'lga kiritgan ketma-ket 17-g'alabasi bo'ldi. Shuningdek, klubning barcha turnirlardagi mag'lubiyatsiz seriyasi 26 ta uchrashuvga etdi.

Har ikkala natija “Bavariya” uchun rekord natija hisoblanadi.

Myunxenliklar so'nggi marta 2019 yilning 7 dekabrida Bundesliga doirasida “Borussiya” (Myunxengladbax)ga imkoniyatni boy berishgandi (1:2).

O'xshash yangiliklar


Manba: sports.ru