
"Bavariya" jamoasi yozda fransiyalik futbolchi Pol Pogbani sotib olishni rejalashtirmoqda. Myunxen klubi transferni engillashtirish maqsadida Turin klubiga ikki futbolchi Manjukich va Shakirini taklif qilishmoqchi. "Yuventus" klubi ilgari aynan Mario Manjukich va Shyerdan Shakiri bilan qiziqib qolishgan edi.