"Bavariya" Nyubelni ijaraga yubormaydi

Alisher
26 may 2021
Aleksandr Nyubel o'tgan yozda "Shalke"dan "Bavariya"ga o'tgandi.

24 yoshli darvozabonning Manuel Noyer bilan raqobatlashishi hozircha imkonsiz. Nyubel yakunlangan mavsumda faqatgina 4ta o'yin o'tkazdi.

Nyubel uni o'yin amaliyoti uchun ijaraga yuborishlariga qiziqmoqda. "Bavariya" esa ikkinchi darvozabonga pul sarflashni istamayapti va uni qo'yib yubormoqchi emas.

Transfermarkt talqiniga ko'ra, Aleksandrning narxi 1,5 yil ichida 16dan 6,5 million evroga qadar tushdi.


AlisherMuallif
Manba: Sport Bild